avatar
Куч
27.80
Рейтинг
+16.31

Муллажонов Рузиматбек Олимович

Мақолалар

Компьютер хошиясидаги битиклар....

Сабр...

Интернетда ахборотларни кўрарканман, руслардан(бизга яқинроғи) жуда орқада эканлигимизни тушинаман. Биз мақтанишга ўрганиб қолганмиз “Биз ҳеч кимдан кам бўлмаганмиз ва кам бўлмаймиз”- деб. Ва лекин ҳамма соҳадан жуда ҳам орқада қолиб кетганимизни фақат уларни кўрибгина англаймиз. Айтамиз, бизларни машҳурларимиз жуда кўп бўлган. Абу Али Ибн Сино, Фарғоний, Марғилоний, Беруний, Навоий, Улуғбек, Хоразимий… Ха улар тамал тошини қўйганлар. Лекин таъмал тошини қўйгандан сўнг, бинони ҳам битказиш керак-ку, битган бино бирор мақсадда ишлатилиши керак-да. Бино бўлсада лекин у ҳеч кимга керак бўлмаса нима бўлади. Олайлик Улуғбекнинг машҳур Расадхонаси, ўз вақтида дунёда тенгсиз бўлган бу илм даргоҳидан фойдаландикми? Ундан фойдаланадиганлар бўлдими? Нимамизга мақтанамиз? Улуғбекдан сўнг, агар айтиш мумкин бўлса, ўзбек халқига илм керакмиди? Ёки кимларнинг зўри билан ишлашганми? Майли яқинроққа қайтайлик. Ўзбек тили турий тиллари орасида машҳур бўлишига Алишер Навоий катта ҳисса қўшган ва бу тилни(ўшанда туркий тил деб аталарди) мукаммал тиллардан эканлигини, унда проза, поэзия ва достончиликда ва бошқа адабий йўналишларда катта маҳорат билан ишлатилиши мумкин эканлигини исботлади. Ундан сўнгчи, тўғри саноқли шоирлар шу тилда ижод қилишди ва уларнинг асарлари ханузгача одамзодни лол қолдириб келмоқда. Лекин улар кўпми ёки озми? Ўрта асрларда қозонган шуҳратимизни нимага ҳар қачон айтиб, мақтаниб юраверамиз. Нима бизнинг миллатни ўша даврдан кейин ижод ва илм соҳасида ишлари бўлмаган? Балки вақтлари бўлмагандир, ёки уларнинг бу билан ишлари бўлаганми?



Изоҳ талаб қилишга арзигули....

Сабр...

Компьютер хошиясидаги битиклар....


Ёлғон. Ҳамма ёлғон гапиради. Бир марта ишлатдингизми, қолгани ўзидан-ўзи келаверади. Ёки ишлатмасликка иложинг қолмайди. На илож. Бошқа йўл йўқ, ёки илож йўқ.


              Лекин ҳамиша ҳам ёлғонлар ёмонликка олиб боравермайди, баъзида қўл ҳам келиши мумин. Ёки шароитдан чиқиб кетишда катта рол ўйнайди. Менимча одамнинг айтганлидан тахминан 10 фоизи ёлғон бўлиб чиқади. Уларнинг тахминан ярими шароитдан чиқиш учун ишлатилса керак. Балки шунга яқинроқ.

Shifobaxsh suv mo'jizasi

Блог им. ruzimatbek


 
4
Oltiariqning keng maydonlari yastanib yotadigan, har bahor laylaklar uya quradigan, qadrdon qaldirg‘ochlar uchib keladigan dashtu dalalari bag‘rida bir maskan bor. Ilk ko‘klam kunlari qizg‘aldoqlar qizarib salom beradigan, yalpiz hidli ariqlarida qizlarning kipriklaridek uzun-uzun suv o‘tlari o‘ynoqlab oqadigan zilol chashmali hudud Qiziltepa deb ataladi.
Bu joylar bir-biridan qolishmaydigan, go‘yoki kim o‘zarga bahs boylashadigan sanatoriy-kurort maskanlari bilan butun mamlakatimiz miqyosida mashhur.
Qariyb oltmish yildirki, ushbu hududning tabiiy ravishda ko‘z ochgan buloqlaridan qaynab-toshib oqadigan shifobaxsh suvidan respublikamizning turli hududlari, qo‘shni davlatlardan keluvchi shifotalab insonlar dardlariga mal-ham topib ketishadi.
Ta’kidlash joizki, Qiziltepada istiqlol yillarida shifo maskanlari, sanatoriylar singari xizmat ko‘rsatish tarmoqlari faoliyati ham jadal rivojlandi. Zamonaviy bozorcha, umumiy ovqatlanish korxonalari, savdo do‘konlari, madaniy-maishiy inshootlar, servis shoxobchalari shular jumlasidandir. Far-g‘onacha manzirat, takallufni joyiga qo‘yadigan mezbonlar har tomondan kelguvchi mehmonlarning ko‘nglini olishning hadisini bilishadi. SHu tariqa ikki muhim jihatning o‘zaro uyg‘unlashuvi — sanatoriy-shifoxonalardagi xushmuomalalik, tabiiy shifo usullari birinchi davo bo‘lsa, tashqaridagi samimiy muhit, vodiyliklarga xos mehmonnavozlik Qiziltepaga bir kelgan odamni yana shu tomonlarga intiladigan qilib qo‘yadigan ikkinchi muhim jihat hisoblanadi.
«Qiziltepa» fizioterapiya shifoxonasi ana shunday fayzli maskanlardan biridir. Yarim asrlik tarixga ega bo‘lgan maskan jamoasi ke-yingi o‘n yillar ichida zamonaviy mezonlar asosida ishlashga o‘tdi. Buning uchun esa shifoxonaning moddiy-texnik bazasi yaxshilandi, xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini yuksaltirishga erishildi. Natijada qisqa muddat davomida bemor o‘rinlari soni ikki-uch hissa ortib, bugungi kunda bir paytning o‘zida 200 nafar dam oluvchi davolanishi uchun sharoit yaratildi.
Birgina 2010 yilning o‘zida shifoxonada 105 mln. so‘mlik rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. SHu tariqa zamonaviy laboratoriya va shinam yotoqxonalar bunyod etildi. Davolash bo‘limidagi zamonaviy bioximik laboratoriyada chuqur va batafsil tahlil olib borish uchun avtomat bioximik analizator, binokulyar mikroskoplar singari eng so‘nggi rusumdagi tibbiy jihozlar o‘rnatildi.
O‘tgan yili davolash bo‘limiga Sog‘liqni saq-lash vazirligi talablariga javob beradigan magnitoterapiya, lazerterapiya kabi davolash uskunalari olib kelindi. Bunday qulay shart-sharoitlar bemorlarga ko‘rsatiladigan fizioterapiya muolajalari sonini ko‘paytirish imkonini berdi. Ayni jarayonda shifoxonaning sterilizatsiya bo‘limi ham rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi. O‘tgan yili bunday qulayliklardan shifoxonada davolangan 4 ming nafardan ziyod bemorlar bahramand bo‘lishgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida bu yerda mingdan ortiq bemor davolandi va barchalari yaratilgan qulayliklardan mamnun bo‘lishdi. Dastlabki uch oyning o‘zida ko‘rsatilgan xizmatlar salmog‘i 102 mln. so‘mlikdan ko‘proqni tashkil etdi.  
SHuningdek, shinam kottejlar, suzish havzalari kabi qo‘shimcha xizmatlar faoliyati shakllantirildi. Bu esa o‘z navbatida, yildan-yilga shifoxonadagi pullik xizmat ko‘rsatish hajmining oshib borishida muhim omil bo‘lmoqda. Aytaylik, 2010 yilda shifo maskanida 331 mln. so‘mlik xizmat ko‘rsatilgandi, 2011 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 456 mln. so‘mga yetkazildi. Davr talabi asosida ish ko‘lami va miqyosi kengayib borayotgani tufayli birgina o‘tgan yilning o‘zida asosiy faoliyatdan tashqari 10 mln. so‘mlikka yaqin turli xizmatlar ko‘rsatildi.
Albatta, bu kabi ijobiy yutuqlarda jamoa ahil-inoqligini ta’minlab, mushtarak maqsad — sifatli va malakali xizmat ko‘rsatish yo‘lida o‘zaro birlashtirib kelayotgan bosh shifokor Ismoil Islomovning xizmatlari katta. Ellik nafarlik jamoa bosh shifokor timsolida tashkilotchi, talabchan, faoliyatni bugungi kun talablari asosida tashkil eta olayotgan rahbarni tasavvur etishadi.       
— Keyingi yillarda mamlakatimiz tibbiyot sohasi, xususan, kurort-sanatoriylar faoliyati jahon andozalari darajasida isloh etilayotgani, takomillashtirilib borilayotgani quvonarlidir, — deydi bosh shifokor I. Islomov. — Aholi sog‘ligi, turmush tarzi va madaniyati yuksalib borayotgan ekan, ortib borayotgan ehtiyoj va talab, kundan kunga faoliyatimizni bugunning mezonlari bo‘yicha tashkil etishni taqozo etayotir.
Davr talabi asosida ish yuritayotgan shifoxonada shifokorlardan tortib, kichik tibbiyot xodimlari, ishchi-xizmatchilargacha oilaviy sharoitiga e’tibor, ularning moddiy-ma’naviy ta’minoti masalasi doimiy e’tiborda. SHu bilan birga jamoaning umummiqyosdagi xayr-saxovat ishlarida ham faollik ko‘rsatib kelayotgani diqqatga sazovordir. SHifoxona jamoasi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga ilgarigi yili 5 mln. so‘m, o‘tgan yili 7 mln. 200 ming so‘m mablag‘ o‘tkazib berdi. Qiziltepa qishlog‘idagi 17 nafar nogironlarga har yili shifoxona tomonidan moddiy yordam ko‘rsatiladi, hududdagi ikkita kam ta’minlangan oila a’zolari esa shifoxona homiyligiga olingan.
13
Birinchi taassurot aldamaydi, deydilar. SHifoxona darvozasidan kirib borar ekansiz, zebo kelinchaklardek uyalib turgan rang-barang manzarali daraxtlar, archalar kayfiyatingizni ko‘taradi. Bitta katta, o‘n ikkita kichkina favvoralar suvining yoqimli jildirashi, mayin raqslari bir zumda tashrif buyuruvchilarni o‘ziga mahliyo etadi. Ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi ikki yil ichida shifoxona hududida ikki mingdan ortiq archa ekilibdi. Bu Oltiariq mineral suvi bilan mashhur bo‘lgan maskanning yaqin kelajakda yam-yashil saltanatga aylanishidan dalolatdir.
Barq urib yashnayotgan mana shu nihollar kabi shifoxona jamoasining orzu-maqsadlari ham yildan-yilga yuksalib borishi tabiiy, albatta. Maqsad mushtarak bo‘lsa, bunday orzu-umidlarning ro‘yobga chiqishiga aslo shubha yo‘q!